Vetnam - O'zbekiston. Final bo'ladigan shaharda ob-havo qanday?

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2018, 11:30
Bugun Xitoyning Changjou shahrida U-23 Osiyo chempionatining final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Oldinroq, turnirning hal qiluvchi bahsi o'tkaziladigan stadionda qorni tozalash ishlari amalga oshirilgani e'lon qilingan edi.

Bugun, 27 yanvar kuni final o'tkaziladigan shahar ob-havosi bilan qiziqdik. Timeanddate.com bergan ma'lumotlarga ko'ra, Changjou shahrida ayni damda qor yog'moqda va havo harorati -2 daraja sovuq. Uchrashuv vaqtida ham shaharda qor yog'ishi kutilmoqda va harorat 1 daraja iliq bo'ladi.




Eslatib o'tamiz, final bahsi Toshkent vaqti bilan 13:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia