"Vest Xem"ga Fernandesh kerak

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2020, 22:51
20 yoshli futbolchi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"Benfika" yarim himoyachisi Jedson Fernandesh "Vest Xem" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqida "Sky Sports" ma'lum qildi.

Londonliklar portugaliyalik futbolchini hech qanday imtiyoz va sotib olish huquqisiz bir yarim yilga ijaraga olishni maqsad qilgan.

Ma'lumot uchun, futbolchi Lissabon klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Benfika"ning asosiy jamoasi sharafini 2017 yildan buyon himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports