"Vest Xem" "Lill" yarim himoyachisi uchun 38 mln evro taklif qildi

Alisher
16 iyul 2022, 12:27
"Vest Xem" "Lill" yarim himoyachisi Amadu Onana bilan shartnoma imzolamoqchi.

Angliya klubi 20 yoshli belgiyalik uchun bonuslarsiz 38 million evro taklif qildi.

"Lill" taklifga rozilik bildirish va futbolchini sotish haqida o'ylamoqda.

Onana "Lill"ga o'tgan yozda "Gamburg"dan o'tgan edi. O'yinchi o'tgan mavsum jamoa safida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports