“Vest Xem” Konor Gallaxer uchun “Chelsi”ga qancha taklif qilgani ma'lum

Alisher
25 iyul 2023, 07:53
“Vest Xem” hamshaharlari “Chelsi”dan Konor Gallaxerni sotib olishni reja qilgan.

Bu haqida Fabricio Romano o'zining “Twitter” sahifasida ma'lum qildi. Insayderning ma'lum qilishicha, “Vest Xem” 23 yoshli yarim himoyachining transferi uchun 46,4 million evro to'lashga tayyor.

 Konor o'tgan mavsumda “Chelsi” tarkibida barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia