“Vest Xem” Konoplyanka uchun “Dnepr”ga 9,5 million funt sterling taklif qildi

Aziz Tukhtamuradov
10 iyul 2014, 17:46
Ingliz klubi “Vest Xem” yosh iqtidor egasi Evgeniy Konoplyanka uchun Ukrainaning “Dnepr” klubiga 9,5 million funt sterling taklif qildi.
O'sha vaqtning o'zidayoq  “Dnepr” futbolchini faqatgina 12 million funt sterlingga qo'yib yuborishi mumkinligini malum qildi.

Konoplyankaga “Tottexem” va “Manchester Yunayted” kabi klublar ham qiziqish bildirgan. Ukrainalik futbolchi uchun asosiy davogar “Atletiko” va “Roma” bo'lib turibdi.

Shu yilning yanvar oyida “Liverpul” Konoplyanka bilan qiziqib qolgan edi va unga 6 million funt sterling yillik maosh taklif qilgan edi, ammo transfer amalga oshmay qolgan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com