"Vest Xem" "Barselona" qiziqqan Gido Rodrigesni tekinga o'z safiga qo'shib oladi

Aslanov Jasurbek
3 avg 2024, 13:35
Gido Rodriges "Vest Xem"ga o'tishga yaqin turibdi.

Ingliz klubi 30 yoshli yarim himoyachi bilan kelishuvga erishdi.

"Vest Xem" futbolchini tibbiy ko'rikdan o'tkazib, u bilan shartnoma imzolaydi.  

Gido Rodriges APL klubiga erkin agent sifatida o'tadi. Oldinroq futbolchiga "Barselona" qiziqqan va u bilan kelisha olmagan edi.

Argentinalik oxirgi besh mavsum LaLigada "Betis" sharafini himoya qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano