Vesko Steshevich: "Nimeli? Hech narsa deya olmayman"

Administrator
15 iyun 2024
Superliga 11-turidan o'rin olgan "Metallurg" va "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng bekobodliklar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida qatnashdi.

– O'yin haqida

– Bugun "Bunyodkor" shu tarkibda maydonga tushishini tahmin qilgandik. Birinchi bo'lim uchun tayyorlagan rejamiz o'xshamadi. Shu sababli ham "Bunyodkor" birinchi 45 daqiqalikda ustunlik qildi. Tanaffusda yigitlar bilan gaplashib oldim va ikkinchi bo'limda vaziyatni o'zgartirishni uddasidan chiqdik. Ustunlikni qo'lga olib, bir necha vaziyatlar yaratgandik, ammo buni uddalay olmadik. Bu bizning kamchiligimizga aylanib qoldi. 

– Boban Jorjevich kyetishiga nima sabab bo'ldi?

– Bu haqida hozir gapirishni istamayman. Rahbariyat bilan suhbatdan so'ng ikki tomon ro'ziligiga ko'ra shartnomani bekor qilishga qaror qildik. 

– Yozgi transferlar oynasidagi reja qanday?

– Yozgi tanaffusgacha 3 ta o'yin bor. Keyin ko'ramiz.

– Nimelining "Metallurg"ga kelishi haqida xabarlar chiqdi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?

– Men aniq bilmayman. Bu haqida ham hech narsa deya olmayman. Bunday xabarlarni OAVga agentlar bergan bo'lishi mumkin. Nimeli haqida biror tafsilot menga ma'lum emas.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia