​Vertongen “Tottenxem” bilan shartnomasini uzaytirdi

19 dek 2018, 08:30
Yan Londonda qoladigan bo'ldi.

“Tottenxem” 31 yoshli belgiyalik himoyachining shartnomasini 2020 yilgacha uzaytirdi. Tomonlar Yanning avvalgi shartnomasiga kiritilgan band bo'yicha kelishuvni uzaytirdi. Ma'lumot uchun, himoyachi 2012 yilda “Ayaks”dan “shporlar” safiga kelib qo'shilgandi. U klub safida 264 ta o'yinda qatnashishga ulgurdi. Joriy mavsum futbolchi APLda 9 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishning uddasidan chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Тоттенхэм” расмий сайти