Verratti Italiya termasi ixtiyoriga bormaydi

Mirjalol Normatov
20 sen 2022, 00:30
Marko Verratti jarohati sababli Italiya termasining navbatdagi uchrashuvlarida qatnashmaydi.

PSJdagilar futbolchining "Lion"ga qarshi o'yin vaqtida chap oyog'ining boldir qismidan jarohat olganini ma'lum qilgan. Shu sababli u Italiya termasi ixtiyoriga jo'natilmadi. Markoning qachon safga qaytishi aniq emas.

"Marko o'ynay olmaydi. Hatto u yura olmayapti. Katta ehtimol bilan Fratezzini chaqirsak kerak. Ko'ramiz. Tonalida ham kichik muammo bor. Pellegrinining holatini yaqin vaqtlar ichida muhokama qilamiz. Politano esa, fikrimcha, o'yinga tayyor", - dedi Manchini.

Italiya termasi 23 sentyabr kuni Angliya bilan, 26 sentyabr kuni esa Vengriya bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal