

"Zlatanning PSJdan ketganidan so'ng jamoada yetakchi qolmagani haqida gap-so'zlar eshitdim. Aksincha, Zlatan bizga yetakchilikni o'rgatib ketdi. U sheriklarini yanada kuchaytira oladigan futbolchi.
U huddi 18 yoshli futbolchidek mashg'ulot o'tkazishi meni hayron qoldirardi. Uning mashg'ulotlarini ko'rib, yanada ko'proq shug'ullanish kerak bo'lardi. Zlatan PSJga g'oliblik ruhini olib kelgan", - deydi futbolchi.


