Verratti: "Barselona"ga o'tish? Kelajak haqida o'ylamayapman"

Aslanov Jasurbek
12 fev 2017, 18:45
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final bahsidan oldin, Kataloniya klubi haqida fikr bildirdi.

"Barselona" avvalgidek jahonning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lib qolmoqda. Xatto ayni damda PSJda bo'lsam ham, har bir futbolchi "Barselona"da o'ynashni istaydi.

Ularning hujum chizig'ida jahonning eng kuchli uch futbolchisi to'p tepadi, shu bilan birga Inesta ham bor. Avval Xavi tarixdagi eng yaxshi yarim himoyachi edi. Bunday futbolchining yo'qligi seziladi. Meni u bilan solishtirishlari yoqimli. "Barselona"ga o'tish? Kelajak haqida o'ylamayapman" - deydi Verratti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS