Vernerning "Chelsi"dagi maoshi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
8 sen 2021, 21:14
Germaniyalik hujumchi Timo Vernerning "Chelsi"da oladigan maoshi ma'lum bo'ldi.

Sport Bild jurnalisti Kristian Falkning yozishicha, 25 yoshli nemis futbolchisi London klubida yiliga 20 million evrodan ko'proq ishlab topadi.

Eslatib o'tamiz, Verner 2020 yilda "Chelsi"ga o'tgandi. O'shandan beri u Premer-ligada 37 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi hamda 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern