Verner sobiq jamoasiga qaytishni istaydi

Mirjalol Normatov
26 iyul 2022, 01:21
Hujumchi Timo Verner "Chelsi" tarkibida o'ynamoqchi emas.

"90min" xabariga ko'ra, germaniyalik futbolchi o'zi 2016-2020 yillarda faoliyat olib borgan "Leyptsig"ga qaytishni istamoqda. U London klubining siyosatidan va maqsadlaridan qoniqish hosil qilmayapti.

"Chelsi" Vernerning transferi uchun 48 million funt to'lagandi. "Leyptsig" Verner bilan shartnoma imzolash uchun yozda Nordi Mukiele yoki Ilaysh Moriba kabi futbolchilarni sotib yuborishi kerak bo'ladi. Ana o'shanda klubda katta transferlar uchun mablag' yetishi mumkin.

O'tgan mavsumda Verner APLning 21 o'yinida qatnashib, 4 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: 90min