Veri: "Ronaldu va Messining o'rnini egallaydigan futbolchilar topiladi"

Mirjalol Normatov
5 sen 2019, 23:55
Italiya termasining sobiq futbolchisi Kristian Veri "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu hamda "Barselona" hujumchisi Leo Messining faoliyatini yakunlashi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Messi va Ronalduning qarama-qarshiligi bunga qadar futbol tarixida kuzatilmagandi. Ular bir mavsumda 40-50tadan gol urishyapti. Ular faoliyatini yakunlasa, futbol uchun qayg'uli drama bo'ladi. Biroq ularning o'rnini egallaydigan futbolchilar topiladi", - dedi Veri.

34 yoshli Ronaldu faoliyati davomida 805ta o'yinda qatnashib, 602 gol urgan va 210 golga assistentlik qilgan. Messi esa 687 o'yinda 603 gol urib, 242 bora gollarga hammuallif bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca