Vengriya ustozi MYU futbolchisi haqida: "U xuddi motociklda ketayotgandek o'ynaydi"

Tolibjon Qosimov
21 noya 2019, 16:50
Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Rossi Uels terma jamoasi va "Manchester Yunayted" vingeri Daniel Jeymsning o'yiniga yuqori baho berdi.

"Jeyms xuddi motociklda ketayotgandek o'ynaydi. U juda tez.

Men oxirgi vaqtlarda bunchalik tez o'yinchini ko'rmaganman. Balki, Mbappe bo'lishi mumkin. U fantastik", - dedi Rossi.


Eslatib o'tamiz, vengriyaliklar Evro-2020 saralashi doirasidagi oxirgi bahsda Uelsga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va o'z guruhida 12 ochko bilan to'rtinchi bo'ldi. Uels esa 14 ochko bilan ikkinchi pog'onani band etdi va Yevropa chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com