Venger: "Top-darajali hujumchi bo'lish uchun Uolkottda hamma narsa bor"

Aslanov Jasurbek
7 avg 2016, 13:41
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger Teo Uolkottni hujumchi joyiga qo'ymoqchi.

"Top-darajadagi hujumchi bo'lish uchun Uolkottda hamma narsa bor. Uning tezligi juda ajoyib, Uolkott aqlli futbolchi va vaziyatlardan unumli foydalanadi. U himoyada yaxshi harakat qila olmaydi, zamonaviy futbolda qanot futbolchisi qora ishlarni bajaradi va shu bilan birga o'zining eng yaxshi sifatlarini yo'qotadi. Mavsumning katta qismi davomida uni hujumga qo'yishimga shubha yo'q" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal