Venger Sterlingning yiqilishi haqida: "Bu penalti emas. Nega VAR'dagi yordamchilar hakamdan monitorga qarashni so'rashmadi?"

Alisher
8 iyul 2021, 11:01
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Evro-2020 1/2 finali doirasidagi Angliya - Daniya (2:1) o'yinida ishlagan hakamlarni tanqid qildi.

Qo'shimcha taymlarning birinchisida Sterlingning qulashidan so'ng hakam penalti belgiladi.

"Bu penalti emas. Nega VAR yordamchilari hakamdan monitorga qarashni so'rashmadi? Bunday vaziyatda hakam penalti qo'yishga to'liq o'ziga ishongan bo'lishi kerak. Bu penalti emas deb o'ylayman", - deydi Venger.

Eslatib o'tamiz, Angliya finalda penaltilar seriyasida Ispaniyadan ustun kelgan Italiya bilan o'ynaydi.

FOTO  Sterlingning vaziyatida maydonda ikkita to'p edi, penalti payti esa Shmeyxelning ko'ziga lazer tutishdi. Hakam o'yinni to'xtatmadi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: BeIn Sports