

"To'pchilar" 2012/13 mavsumdan boshlab "Chelsi", MYU, "Manchester Siti", "Tottenxem" va "Liverpul"ga qarshi 51ta o'yinlarning 11tasidagina g'alaba qozondi. 17 sentyabr kuni "Arsenal" APLning 5-turida "Chelsi" bilan o'ynaydi.
"Top-jamoalarga qarshi yaxshi natijalarga erishish muhim. Birinchi to'rtlikdagi o'rnimiz shunday bahslarga bog'liq. Bu juda muhim sinov.
So'nggi yillarda "Chelsi"ning tarkibi kuchli edi. Ammo o'tgan yili biz ularning uyida taslim etdik, keyin Angliya Kubogi finalida mag'lubiyatga uchratdik. Superkubokda penaltilar seriyasida g'alabaga erishdik. Shunday ekan, qaysi turnirligiga emas, keling o'yin sifatiga e'tibor beramiz" - deydi Venger.



