Venger nima uchun Mertezakerga yangi shartnoma taklif qilinmayotganini tushuntirib berdi
Aslanov Jasurbek
17 sen 2016, 20:48
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger Per Mertezaker sog'ayib ketganidan so'ng u bilan shartnoma uzaytirilishini aytib o'tdi.
"Ayni paytda bu borada muhokamalar bo'lgani yo'q.
Uning lazaretdan qaytishini kutyapmiz. Mertezaker safga qaytganidan so'ng unga yangi shartnoma taklif qilinadi", - deydi murabbiy.