Venger Mbappeni Pele bilan solishtirdi

Eldor Akmurzayev
3 mar 2021
Fransiyalik mutaxassis Arsen Venger PSJ forvardi Kilian Mbappe va futbol afsonasi Pele haqida gapirdi.

“Yillar davomida Mbappe va Pele o'rtasidagi o'xshashlik haqida gapirib kelaman. Pele 4 ta mundialda o'ynab, uchtasini yutgan. Kilian esa 22 yoshida bitta JCHda qatnashishga ulgurdi va oltin medalni qo'lga kiritdi. Mbappening imkoniyati darajasi cheksiz, u Parij yoki Madridda eng zo'ri bo'ladi”, deydi Venger.

Mbappe joriy mavsum klub libosida 31 o'yinda qatnashib, 23+5 natijaga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Le Parisien