

"Hisobga qaramang. O'yinimizga e'tibor bering, istalgan vaqtda gol ura olardik. Biz o'zimiz xohlagan futbolni namoyish eta oldik, biroq hisob bizning foydamizga bo'lmadi.
Bugun raqib himoyaviy o'yin ko'rsatishini bilgandik va shu boisdan ko'proq vaziyat yaratishga intildik. 1:0dan keyin uzun paslar orqali imkoniyatlar yarata oldik. Biroq ularning bittasidan foydalana oldik. Raqib jamoa esa faqatgina bir vaziyatidan, ustiga ustak mehmonda gol urib ketgani yomon ta’sir qildi.
Men uchun Oblak Yevropaning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Bugun u buni ko'rsata oldi. 1:0dan keyin gol urishimiz kerak edi, 5 daqiqa ichida ko'plab vaziyat yaratdik. "Atletiko"da Yevropaning eng yaxshi himoyachilari bor. Birinchi bo'lim davomida raqiblarga imkoniyat bermadik.
Muxlislarimiz fantastik darajada qo'llab-quvvatlashdi. O'yinimiz bilan ularning ishonchini oqlay oldik deb o'ylayman", - dedi Venger.



