Venger: "APL yana VAR tizimidan voz kechdi, bu juda yomon qaror"

Aslanov Jasurbek
16 apr 2018, 18:20
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger kelasi mavsum Angliya chempionatida videoassistent tizimidan (VAR) foydalanmaslik qarorini tanqid qildi.

Oldinroq klublar kelasi mavsum APLda tizimdan foydalanmaslik uchun ovoz berishgan edi. Ushbu tizim 2018/19 mavsumda sinovdan o'tkazilishi davom etadi.

"Afsuski, Premer-liga yana VARdan voz kechdi va buni juda yomon qaror deb hisoblayman. Bu mavsumdagi har bir yirik o'yinda xato yuz berdi, ayniqsa Chempionlar ligasida, "Manchester Siti" va "Liverpul" bahsida" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Reuters