"Veneciya" Kaldarani "Milan"dan ijaraga oladi

Alisher
4 avg 2021, 13:24
"Milan" himoyachisi Mattia Kaldara faoliyatini "Veneciya"da davom ettiradi.

Klub vakillari Milanda uchrashishdi va o'sha yerda 27 yoshli italiyalik futbolchining xarid qilish huquqi bilan ijarasi borasida kelishuvga erishishdi.

Kaldara o'tgan mavsumni ijarada "Atalanta"da o'tkazdi. Himoyachi Bergamo jamoasi tarkibida barcha musobaqalarda 9ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato