"Veneciya" "Bavariya" futbolchisini ijaraga olishi mumkin

Alisher
28 dek 2021, 10:33
"Bavariya" yarim himoyachisi Mikael Kyuizans faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 22 yoshli fransiyalik futbolchi uchun "Veneciya" da'vogarlik qilmoqda, italyanlar o'yinchini mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishmoqchi.

Kyuizans joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 5 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira