Vaziyat jiddiy. "Selta" texnik mag'lubiyat xavfi bilan ham La Ligani oxirigacha o'ynamoqchi emas, nega?

Alisher
30 apr 2020, 18:23
"Selta" La Liga rahbari Xaver Tebasning musobaqani yozda yakunlash zarurligi haqidagi gaplarini keskin qabul qildi.

Bu haqda metaratings.ru sayti "Selta" prezidenti Karlos Mourinyoga yaqin manbaga tayanib xabar bermoqda.

"La Liga test o'tkazilishi kerak bo'lgan barchaning ro'yxatini shakllantirgan. Ular buning uchun uch mingta test sotib olishganini ham ma'lum qilishdi. Mourinyoning bu boradagi qarashlari esa teskari. Vigoda hozir holat yomon. Bizda va butun mamlakatdagi shifoxonalarga testlar yetishmayapti, kasallanganlar 200 mingdan oshib ketgan, odamlar ko'chalarda o'lishmoqda. Tebas esa oddiy odamlarga yordam berish o'rniga, klublarga tahdidlar qilish bilan shug'ullanmoqda. Hozircha "Selta" yuqori darajadagi bayonot bermoqchi emas, ammo vaziyat kuchayib borsa, klub keng miqyosda norozilik bildiradi. "Selta" hatto texnik mag'lubiyatlar xavfi bo'lsa ham, mavsuni oxirigacha o'tkazmaydi. Hozir hamma ham futbol haqida o'ylamayapti", - deydi manba.


Manba: metaratings.ru

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif