Vardi APL grandlari kushandasi

Eldor Akmurzayev
30 apr 2019
Angliya Premer-ligasining 36-turida Lester klubi Arsenalni yirik hisobda taslim etdi.

 Ushbu o'yinda tulkilarning 32 yoshli hujumchisi Jeymi Vardi raqib darvozasini ikki bora ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa, angliyalik forvard APLning kuchli oltilik jamoalariga o'zining 34-golini urishga erishdi. U grandlar ichidan eng ko'p golini ham aynan to'pchilarga (8 gol) kiritgan. Umuman futbolchi joriy mavsum APLda 18ta gol urgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta