Varanning bugungi o'yinda qatnashishi so'roq ostida

Mirjalol Normatov
5 mar 2023
"Manchester Yunayted" futbolchisi Rafael Varan jarohati sabab "Liverpul"ga qarshi o'yinda qatnashmasligi mumkin.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, bugun kun davomida Varan fitnes-testdan o'tadi va natijalarga qarab uning o'yinda ishtirok etishiga ruxsat beriladi. Tarkibda Varanning o'rniga Xarri Maguayr yoki Viktor Lindelof to'ldirishi mumkin.

Ushbu mavsumda 29 yoshli Varan "Manchester Yunayted" tarkibida barcha turnirlarda 24 o'yinda qatnashdi. "Liverpul" - MYU bahsi 21:30da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail