Varan Ronaldu haqida: "U har bir detalga e'tibor qaratadi"

Mirjalol Normatov
14 may 2023
"Manchester Yunayted" futbolchisi Rafael Varanga Krishtianu Ronaldu borasida savol berishdi.

Fransiyalik futbolchi "Real" va "Manchester Yunayted"da portugaliyalik bilan birga harakat qildi. 2023 yil boshidan buyon Ronaldu "Al Nasr" tarkibida o'ynamoqda.

"Ronaldu - menga ko'p narsalarni o'rgatgan inson. U har bir detalga e'tibor beradi.

Har bir mashg'ulot, har bir o'yinda uning ishtiyoqi yuqori bo'ladi. Doimo o'ziga ishonadi va yanada ko'pini xohlaydi", - dedi himoyachi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BT Sport