Varan: "Barchamiz Ronaldu bilan bog'liq vaziyatni kuzatyapmiz"

Оқил Абдубарноев
16 noya 2022, 20:10
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Rafael Varan yaqinda jurnalist Pirs Morganga shov-shuvli intervyu bergan hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik forvard bosh murabbiy Erik ten Xagni hurmat qilmasligini aytgan, shuningdek, "Manchester Yunayted" mashg'ulot bazasining etarlicha moliyalashtirilmagani uchun qoralagandi.

"Albatta, Ronaldu bilan bog'liq vaziyat bizga ta’sir o'tkazmoqda. Barchamiz nima bo'lishini kuzatishda davom etamiz", - dedi Varan.

Varan va Ronaldu 4 marta Chempionlar ligasida g'alaba qozongan "Real" safida birgalikda o'ynagan. Ayni damda "Manchester Yunayted" rahbariyati yanvarda Krishtianuni sotish variantini ko'rib chiqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Manchester Evening News