Vanda Naraning aytishicha, Mauro sardorlik bog'ichisiz maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
20 fev 2019, 11:48
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardining xotini va agenti Vanda Naraning aytishicha, klub uning eriga sardorlik bog'ichini qaytarmasa, u nerazzurilarga boykot e'lon qilishi mumkin.

Malumotlarga ko'ra, argentinalik forvardning ayoli "Inter" rahbariyatiga futbolchi sardorlik bog'ichisiz maydonga tushmasligini ma'lum qilgan. Bundan tashqari Ikardi qaytishi uchun klub kechirim so'rashi kerak ekan. Vandaning fikricha, "Inter" futbolchini azoblagan.

Oldinroq, Nara "Inter" bilan yangi shartnoma shartlari bo'yicha kelisha olmagani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport