Van Persi Vengriyaga qarshi o'ynay olmasligi mumkin

Tolibjon Qosimov
10 okt 2013, 13:34
Gollandiya terma jamoasi hujumchisi Robin van Persi JCH-2014 saralashi doirasidagi Vengriyaga qarshi o'ynay olmasligi mumkin, deb xabar bermoqda Reuters.
Futbolchi YCHL 2-turi doirasidagi "Shaxter"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.

– Barmog'im singandek ko'ringandi, ammo rentgen bunday emasligini ko'rsatdi, – deydi van Persi. – Men "Sanderlend"ga qarshi o'yinda maydonga tushdim. – Ammo vaziyat yaxshilanmadi.

Gollandiya – Vengriya uchrashuvi 11 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru