Gollandiya termasi va "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal futbolga qaytishga yaqinligini aytdi.
"Ayrim insonlarga yoqmasa-da aytaman, oldimda bir necha takliflar bor. Nafaqaga chiqdim deb ayta olmayman. Balki iyul oyida yangi jamoa bilan shartnoma imzolashim ham mumkin. Menda shunday takliflar borki, uni rad etib bo'lmaydi", - dedi van Gal.