Van Gal: "Agar "Real"ga de Xea kerak bo'lsa, bu klub bizning shartlarga rozi bo'lishi lozim"

Aslanov Jasurbek
8 avg 2015, 11:10
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal jamoa darvozaboni David de Xeaning "Real"ga o'tishi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Klubimiz doimo futbolchilarga ma'lum bir miqdorda pul to'laydi, "Real" esa nima taklif qildi? Biz mablag'ni ko'rsatdik, ular rozi bo'lishlari kerak edi. Bir necha yil davomida "Manchester Yunayted" katta pul sarf qildi, ammo o'z futbolchilari uchun buncha mablag' olgani yo'q. David - so'nggi uch yilda jamoaning eng yaxshi darvozaboni. Murabbiy shunday futbolchini qo'yib yuborishga rozi deb o'ylaysizmi? Albatta, yo'q.

Di Mariya? Biz bu muammoni hal qildi, ammo Anxelning ketishi - jamoa uchun katta yo'qotish. Bizga hujumkor, tezkor, ijodkor futbolchi kerakligini aytgan edim, Di Mariya esa aynan shunday futbolchi" - deydi van Gal.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com