Van Gaal: "Eyndxovenda durang o'ynash doimo yaxshi natija hisoblangan"

Aziz Tukhtamuradov
15 sen 2015, 20:55
MYU bosh murabbiyi Lui van Gaal PSVga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Eyndxovenda o'ynash doimo qiyin bo'lgan. Men "Ayaks" va "Barselona" bosh murabbiyi bo'lganimda ham bu yerda doimo g'alaba qozonishning imkoni bo'lmasdi. Durang doimo yaxshi natija hisoblangan. Lekin, biz bu safar yutishga harakat qilamiz. Turnirni g'alaba bilan boshlash muhim. Martial asosiy tarkibda tushadimi? Uning o'yini maqul keldi, lekin hali uning ko'nikishi uchun vaqt kerak", - deydi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru