Van Deyk: "Shvetsiyaga qarshi bahsda Gollandiya terma jamoasida imkoniyat bor"

Aslanov Jasurbek
8 okt 2017, 17:22
Gollandiya terma jamoasi himoyachisi Virjil van Deyning fikricha, gollandiyaliklar JCH-2018da ishtirok etish uchun imkoniyatga ega.

Gollandiyaliklar "A" guruhida uchinchi o'rinni egallab turishibdi. Pley-off o'yinlarida qatnashish uchun ular Shvetsiya terma jamoasini so'nggi turda 7ta to'p farqi bilan mag'lub etishlari kerak.

"Bizda imkoniyat bor, hammasi qo'ldan boy berildi deyish noto'g'ri. Qiyin bo'ladi, ammo maydonga chiqib, harakat qilib ko'ramiz. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan" - deydi van Deyk.

"A" guruhi turnir jadvali:

1. Fransiya - 20 ochko

2. Shvetsiya - 19

3. Gollandiya - 16

4. Bolgariya - 12

5. Belarus - 5

6. Lyuksemburg - 5

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: De Telegraaf