Van Deyk "Brayton"dan sensaciya kutmoqda

Eldor Akmurzayev
10 may 2019, 22:25
Liverpul himoyachisi Virjil van Deyk Angliya chempionatining so'nggi turi oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Vaziyatga real baho berish kerak. Braytonga qarshi bahsda so'zsiz Manchester Siti yetakchi hisoblanadi. Biroq, bu futbol. Har qanday o'yinda tasavvur qilib bo'lmas natijalar sodir bo'lishi mumkin. Chempionlik uchun oz bo'lsa ham umid bor ekan, demak, unga kurashish zarur. Bizning hozirgi eng asosiy maqsadimiz Vulverxemptonni mag'lubiyatga uchratishdir. 3 ochkoga ega chiqib, Braytonning sensaciya ko'rsatishidan umidvormiz”, – deya qayd etgan futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports