Van der Vil turkiyalik firibgar hiylasiga chuv tushdi

Aslanov Jasurbek
17 may 2017, 16:10
"Fenerbaxche" himoyachisi Gregori van der Vil Turkiyaga ko'chib kelganidan bir oy o'tib firibgar qurboniga aylandi.

2016 yilning yozida gollandiyalik PSJdan Superligaga o'tadi. Futbolchi "Haber" telekanaliga intervyu berayotganida, 4,5 mln. dollarga chuv tushgani haqida aytib berdi.

"Turkiyaga ko'chib kelganimdan bir oy o'tib Yumit Akbulut ismli biznesmen bilan uchrashdim. U menga biznes taklif berdi va unga ishondim. Keyin kompaniyalarni ishga solish uchun unga 4,5 mln. dollar berdim. U to'rt oy ichida bizga pul ishlab bermoqchi edi.

Bir necha oy o'tib undan ish haqida so'radim. U esa shunday dedi: "Pullar haqida unut, chunki bu Turkiya va bu yerda biznes boshlab bo'lmaydi". U aldagan ekan. Bu menga va faoliyatimga ta’sir ko'rsatdi" - deydi van der Vil.

Gollandiyalik himoyachi klub advokatiga murojaat qildi. Shu bilan birga van der Vil firibgarlik borasida sudga ham arznoma topshirdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com