Van der Vil tanaffusda almashtirilishni o'zi so'ragan va Amstyerdamga uchib ketgan

Aslanov Jasurbek
15 mar 2016
"Trua"ga qarshi bahsning tanaffusida PSJ futbolchilari Gregori van der Vil va Zlatan Ibragimovich o'rtasidagi kelishmovchilik haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Parijliklar tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra van der Vil jarohat tufayli almashtirilgan, ammo GOAL nashrining xabar berishicha, gollandiyalik birinchi bo'limdagi qo'ldan boy berilgan imkoniyatlar tufayli shved nomiga haqoratli so'zlar aytgan. Gregorining o'zi Loran Blandan almashtirilishni so'ragan va tezda maydonni tark etib, Amstyerdamga uchib ketdi.

Muddatidan avval Fransiya chempioniga aylangan PSJ bugun tunda xayriya tadbirida ishtirok etishlari kerak.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com