Van de Bek keyingi jamoasini aniqlab oldi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020, 11:58
"Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Bek yozda jamoasini o'zgartiradi.

"Mirror" xabariga ko'ra, 22 yoshli xavbek kelayotgan yozda "Manchester Yunayted"ga emas, "Real"ga o'tadi. Madrid klubi van de Bek uchun 54 million evro to'lashga tayyor turibdi. Biroq mankunianliklar futbolchi uchun 66 milliondan voz kechishni rejalashtirishmoqda.

Ushbu mavsumda Donni Niderlandiya chempionatida 16 o'yinda 6 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror