

"Real" va "Atletiko" (3:2) o'rtasidagi bahsning 77-daqiqasida urugvaylik yarim himoyachi raqibi Aleks Baenaning oyog'iga orqadan zarba bergan edi. Bosh hakam Xose Munuera Montero Valverdega to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi, VAR esa vaziyatga aralashmadi.
"El Chiringuito" efirida jurnalist Xuanfe Sans Peresning ma'lum qilishicha, qo'mita hakamning qarorini to'liq qo'llab-quvvatlagan. Bu haqda seshanba kuni rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Agar "Real"ning apellyaciyasi rad etilsa, Valverde 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.



