Valverde: "Yaxshi surat yaratish - qiyin uchrashuvdagi g'alabaga o'xshaydi"

Aslanov Jasurbek
30 dek 2018, 16:40
"Barselona" ustozi Ernesto Valverde murabbiylikni fotograflikka solishtirdi.

"Murabbiy ham fotografdek gap. Bilsangiz kerak, men suratkash bo'lganman. Doimo suratlarim unga qaragan insonga rohat bag'ishlashini xohlayman. Yaxshi surat yaratish - qiyin bahsda g'alaba qozonishga o'xshaydi" - deydi Valverde.

Eslatib o'tamiz, Valverde 2017 yildan beri "Barselona"ni boshqarib kelmoqda. 54 yoshli mutaxassis Kataloniya klubi bilan LaLiga va Ispaniya Kubogida zafar quchdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Vanguardia