Valverde “Real” bilan bahsga qadar Dembelening safga qaytishi haqida gapirdi

28 noya 2017, 22:24
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liganing 17-turida “Real”ga qarshi bahsda Dembelening maydonga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

20 yoshli francuz futbolchisi sentyabr oyining o'rtasida jarohat olib, safdan chiqqandi. Dembele allaqachon to'p bilan ishlashni boshlagan bo'lsada, u 23 dekabr kuni “Santyago Bernabeu”da o'tadigan El-Klassikoda maydonga tushish ehtimoli kam.

“Uning El Klassikoga qadar safga qaytishi juda qiyin bo'ladi. Biz tavakkal qilmoqchi emasmiz. U bilan hammasi joyida, ammo ehtiyot bo'lishimiz lozim” deya bayonot berdi Valverde.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com