

"Sport.es" xabariga ko'ra, 55 yoshli ispaniyalik mutaxassis faqatgina matbuot orqali ma'lumotlarni bilib olmoqda. Rahbariyat esa bu borada Valverde bilan bog'lanmagan.
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu esa yaqin kunlar ichida Valverde bilan uchrashuv o'tkazmoqchi bo'lib turibdi. Biroq shu paytga qadar hech kim Ernesto bilan uning g'oyalari va maqsadlari haqida gaplashmagan.
Oldinroq "Barselona" vakillari Oskar Grau va Erik Abidal Qatarda Xavi bilan muzokaralar olib borayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi. Katta ehtimol bilan bugun barchasi hal bo'ladi.



