Valverde: "Barsa" "Malaga"ga qarshi bahsda tajriba qilmasdan, g'olib bo'lishi kerak"

Aslanov Jasurbek
10 mar 2018, 16:30
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Malaga"ga qarshi bo'ladigan LaLiganing 28-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Malaga" bilan bahs tajriba qiladigan o'yinlardan emas, unda g'olib bo'lish lozim. Kimdir bu uchrashuvga boshqacha munosabatda bo'lishini istamayman. Bu katta xato bo'ladi.

Biz g'alaba qozona olmagan "Las-Palmas"ga qarshi o'yin qanday o'tganini ko'rdik. Turnir jadvalining pastki qismidagi jamoa mavsumning hozirgi qismida 200% kuch bilan o'ynab, ochko to'plashga harakat qiladi. Ayni damda har bir o'yin muhim. Bu bosqichda "Chelsi" bilan o'yin eng muhimi deyish xato bo'lardi" - deydi Valverde.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana