26 fevral, chorshanba kuni OCHL-2014 D guruhi 1-turi doirasida Saudiya Arabistonining Al-Hilol va BAAning Al-Ahli jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.
Uchrashuvni o'zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko boshqarib boradi. Unga qanotlarda bahraynlik Navaf Shahin Musa va Muhammad Jafar Salmon yordam beradi.
Iordaniyalik Adham Muhammad to'rtinchi hakam etib tayinlangan bo'lsa, iroqlik Kazum Auda as-Saidiy hakamlar harakatini baholab boradi.
Bu Kovalenko uchun joriy OCHL bahslarida ikkinchi o'yin bo'ladi. Bungacha u o'z brigadasi (yordamchi hakamlar – o'zbekistonlik Rafael Ilyosov va Mamur Saidqosimov, to'rtinchi hakam – o'zbekistonlik Ilgiz Tantashev) bilan birga OCHL-2014 3-saralash bosqichidagi Beyjing Guoan (Xitoy) – Chonburi (Tailand) uchrashuvida ishlagan edi.
OFK tasdiqlagan reja bo'yicha, Valentin Kovalenko OCHL-2014da Sanfrechche Xirosima (Yaponiya) – Seul (Janubiy Koreya; F guruhi, 3-tur), Shandong Luneng (Xitoy) – Poxang Stilerz (Janubiy Koreya; E guruhi, 4-tur), Yokogama Marinos (Yaponiya) – Chonbuk Motors (Janubiy Koreya; G guruhi, 5-tur) uchrashuvlarida hakamlik qilishi kutilmoqda.