Valentin Kovalenko OCHL yarim finalini boshqaradi

Narzulla Saydullayev
1 avg 2013, 17:33
FIFA referisi Valentin Kovalenko boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi OCHL-2013 yarim finali dastlabki uchrashuvini boshqarib boradi.
OFK Osiyo Chempionlar Ligasining bu yilgi mavsumi yarim final o'yinlarini boshqarib boradigan hakamlar nomini e'lon qildi. Unga ko'ra, Kashiva Reysol (Kashiva) - Ash Shabob (Ar Riyod) juftligi g'olibi yarim finalda Guanchjou Evergrand (Xitoy) - Lahviya (Qatar) juftligi g'olibiga qarshi bahs olib boradi. Dastlabki o'yinga Kashiva Reysol - Ash Shabob juftligi g'olibi mezbonlik qiladi. Mazkur o'yinda Valentin Kovalenko boshchiligidagi o'zbekistonli hakamlar brigadasi ishlaydi.

OCHL-2013. Yarim final. Dastlabki o'yin.
25 sentyabr.

Kashiva Reysol / Ash Shabob - Guanchjou Evergrand / Lahviya
Bosh hakam: Valentin Kovalenko (O'zbekiston)
Laynsmenlar: Rafael Ilyosov, Mamur Saidqosimov (Ikkisi ham O'zbekiston)
Zahira hakami: V. Seytlin
Nazoratchi: Chong Yim (Gongkong)
Komissar: Maykl Bordallo Jon (Guam)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com