

“Valensiya” rasmiy sayti yana bir vakilida koronavirus uchun topshirgan testi ijobiy natija berganini e'lon qildi. Biroq ularning ism-sharifi e'lon qilinmagan. Aksincha raqamlar keltirilgan. Unga ko'ra, klubning 35 foizi koronavirusni yuqtirib olgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq jamoa himoyachilari Garay, Mangalya va Gayyada ushbu virus aniqlangandi.



