"Valensiya"ning ikki futbolchisi "Yuventus"ga qarshi o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
19 sen 2018, 15:39
"Valensiya" futbolchilari Esekel Garay va Joffrey Kondogbia "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

Bu ikki futbolchi sog'ligida muammo bor, jamoa bosh murabbiyi Marselino Toral ularni qaydnomaga kiritmadi.

Himoyachilar Jeyson Murilo va Kristian Pichchini hamda darvozabon Neto safga qaytishdi. Qaydnomada Denis Cherishev ham bor.

"Valensiya" qaydnomasi

Darvozabonlar: Domenek, Neto.

Himoyachilar: Vezu, Murilo, Gabriel, Dyakabi, Gayya, Pichchini.

Yarim himoyachilar: Guedesh, Soler, Parexo, Cheryshev, Vass.

Hujumchilar: Gameyro, Rodrigo, Mina, Batshuayi, Ferran.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Valenciacf.com