"Valensiya" UEFAga shikoyat qiladi. Klub evrokubok yo'llanmalarining taqsimotidan norozi

17 apr 2020, 23:32
"Valensiya" Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasining (RFEF) evrokuboklar yo'llanmalarini taqsimlash haqidagi qaroridan norozi.

Klub allaqachon UEFAga rasmiy shikoyat xati va qarorning nusxasini jo'natdi, deb xabar qildi "Marca". "Valensiya" rahbariyati qirollik futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubialesning bunday qarorlarni qabul qilish vakolatiga ega emasligiga ishonadi. 

Ispaniyada mavsum muddatidan oldin tugasa, evrokuboklarda qaysi jamoalar qatnashishi aniqlandi

Ayni paytda "ko'rshapalaklar" La Liga musobaqa jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi. Agar qaror taklif qilingan formatda qabul qilinsa, klub 50 mln evro yo'qotishi mumkin. So'nggi ikki mavsum YCHLda qatnashgan valensiyaliklar 60 mln evro daromad qilishgandi.

Avvalroq chempionat yakuniga etkzilmasa, "Barselona", "Real", "Sevilya" va "Real Sosedad" klublari YCHL yo'llanmasiga ega chiqishi ma'lum qilingandi.

Bugun "Atletiko"ga ham musobaqada ishtirok etish uchun maxsus taklifnoma kelishi ma'lum bo'ldi.

UEFA "Atletiko"ga YCHL yo'llanmasini sovg'a qilishi mumkin

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca