"Valensiya" sobiq prezidenti: "Vinisiusni uning "qiliqlari" uchun taqib qilishyapti, qolgan qora tanlilarga hech kim tegmayapti"

Aslanov Jasurbek
23 sen 2024, 23:49
"Valensiya" sobiq prezidenti Pako Roch irqchilik muammosi haqida gapirdi.

"Real"da sakkiz nafar qora tanli futbolchi bor. Men ishlagan paytlarda esa "Valensiya"da Valter, Viola va Vanderleylar bo'lardi. Ularga hech kim tegmagan. Endi esa qora tanlilar muammosi har kuni ko'tarilmoqda.

Gap shundaki, "Real"dagi yigit (Vinisius Junior)ning o'zi jamiyat g'azablantiryapti. Uni "qiliqlari" uchungina taqib qilishmoqda, "Real"dagi boshqa qora tanli yigitlarga hech kim tegmayapti. Bu ishlar u qora tanli bo'lgani uchun sodir bo'layotgani yo'q" - dedi Pako Roch.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Relevo